logo

Barselonada Messiga tegishli mehmonxona buzib tashlanadi

media

Ispaniyaning Barselona shahri ma’muriyati argentinalik futbolchi Lionel Messiga tegishli mehmonxonani buzib tashlashga qaror qildi. Futbolchi ushbu mehmonxonani sotib olishga 30 mln yevro sarflagan.

El Confidencial nashrining xabar berishicha, 77 xonali binoni shahar qurilish me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligi sababli buzib tashlashga qaror qilingan. Bino futbolchining sobiq klubi “Barselona”ning uy maydoni “Kamp Nou” yaqinida joylashgan.

Futbolchi Ibitsa va Mayorka orollarida ham mehmonxonalarga ega bo‘lib, ular Majestic Hotel Group tarmog‘iga birlashtirilgan. Messi Barselonadagi qarorgohni sotib olish uchun 2017 yilda 30 mln yevro sarflagan.

Ta’kidlanishicha, futbolchi binoni shahar ma’muriyati uni qurilish me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligi sababli buzib tashlamoqchiligidan bexabar holda sotib olgan.

Avvalroq, 29 noyabrda Messi o‘z faoliyatidagi yettinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi.

Метки