logo

Poytaxt markazida joylashgan “Central Palace Hotel” – hashamat va qulay narxlar uyg‘unlashuvi

media

Mukammal va shinam, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Central Palace Hotel” mehmonxonasi mijozlar uchun o‘z eshiklarini ochadi.

Yangi premium-klassdagi mehmonxona hashamat va hamyonbop narxlar uyg‘unligini yaratish orqali mehmonlarga qulaylik yaratgan. “Standard”, “Deluxe” va “Luxe” toifadagi xonalarning barchasi zamonaviy standartlar asosida jihozlangan bo‘lib, ularda:

  • Eng qulay yotoq va yumshoq mebellar;
  • Sun’iy iqlim nazorati tizimi;
  • Mini-bar;
  • Muzlatkich;
  • Seyf;
  • Zamonaviy elektron qulf tizimi;
  • Bepul Wi-Fi;
  • Sun’iy yo‘ldosh televideniyesi;
  • Qur’on;
  • Joynamoz;
Foto: Central Palace Hotel

 

Foto: Central Palace Hotel

Tasbeh va qibla ko‘rsatkichi bor. Mehmonxonada xalqaro halol standartlariga muvofiq holda xizmat ko‘rsatiladi. Xonalardagi panorama derazalardan poytaxtning serdaraxt xiyobonlari ko‘rinishi esa insonga cheksiz zavq va motivatsiya beradi.

Foto: Central Palace Hotel

Shinam va eksklyuziv konferens-zalda turli marosim va tadbirlarni yuqori darajadagi xush kayfiyatda o‘tkazish mumkin. Tadbirlar uyushtirishda zal ko‘rinishi mijozlarning istaklarini hisobga olgan tarzda o‘zgartiriladi.

Foto: Central Palace Hotel
Foto: Central Palace Hotel

Bundan tashqari, mehmonlar uchun fitnes zal, yopiq basseyn, fin saunasi doim tayyor. “Central Palace Hotel”da qo‘nim topgan mehmonlar uchun o‘zining unutilmas taomlari bilan “Zohid-Kabob” restorani doim xizmatga shay turibdi.

Foto: Central Palace Hotel

Mehmonxona ko‘p yillik tajribaga ega Hotel Pro jamoasi tomonidan boshqariladi va bu tajriba har bir mijozga xizmat ko‘rsatishda alohida yondashuv borligida seziladi.

Foto: Central Palace Hotel

Toshkentning eng bahavo hududida joylashgan mehmonxona atrofi yashil xiyobonlar bilan o‘ralgan. Bu yerdan shaharning istalgan nuqtasiga yetib olish uchun qulay transportlar, yirik savdo majmualari, ko‘ngilochar maskanlar barchasini mehmonxonaning yonginasidan topish mumkin.

Foto: Central Palace Hotel

“Central Palace Hotel” – oliy darajali xizmatlar va o‘zini qadrlaydiganlar uchun ma’qul maskan hisoblanadi.

Foto: Central Palace Hotel
Foto: Central Palace Hotel
Foto: Central Palace Hotel
Foto: Central Palace Hotel
Foto: Central Palace Hotel
Foto: Central Palace Hotel

Метки